Sperma

Sperma (Yunoncha sperma — urug’, pusht), shahvat — odamda jinsiy alokada erkaklardan, shuningdek, erkak hayvonlardan ajraladigan suyuqlik; erkaklik jinsiy bezlari ishlab chiqaradi. Quyuq, och kulrang, yopishqoq, hidli, Sperma spermatozoid va urug’ suyuqlig’idan iborat. Sperma tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, kaltsiy, kaliy, natriy tuzlari va boshqa organik, anorganik moddalar bo’ladi. Sperma balog’atga yetish davrida paydo bo’lib, voyaga yetganda ko’payadi va yosh ulg’aygan sari kamaya boradi. Har bir jinsiy aloqada ajralgan Sperma miqdori har xil turlarda turlicha: odamda 2-6 ml, buqada o’rtacha 4-5 ml, otda 60-100 ml, cho’chqada 250 ml gacha, qo’chqorda 1 — 1,5 ml. Spermadagi spermatozoid mikdori hayvonlarning yashash sharoitiga qarab ham har xil (qo’chqorda 30% ga, buqada 14% ga yaqin, ot va cho’chqada 7-8%) bo’ladi. Spermaning urug’lantirish ta’siri spermatozoidning miqdori va sifatiga bog’liq. Organizmning ba’zi patologik holatlarida Spermada spermatozoid bo’lmasligi (azoospermiya), miqdorining kamayishi (oligospermiya), harakatsiz (nekrospermiya) yoki g’ayritabiiy holatda (teratospermiya) bo’lishi mumkin. Sperma bepushtlik sababini aniqlashda sud tibbiy ekspertizasida tekshiriladi. Sperma sifatini baholash, uni suyultirish, saklash, tashish va olish usullari qishloq xo’jaligi. Hayvonlarini sun’iy qochirishda muhim ahamiyatga ega.