Spermatogoniylar

Spermatogoniylar (sperma va Yun. gonos — tug’ilish, urug’, nael) — spermatogenezning 1davridagi gaploid urug’hujayralar. Urug’naylari devori- dagi ixtisoslashmagan birlamchi jinsiy yoki urug’donning berk uchidagi maxsus hujayralardan rivojlanadi. S.da in- tensiv mitoz bo’linish boradi. Mitoz soni tur uchun xos bo’lib, 3 dan 6 Mar- tagacha sodir bo’ladi. Sut emizuvchilar va ayrim b. hayvonlarda S.ning har xil tuzilishga ega bo’lgan 2-4 tipi ma’lum. Spermatogenezning 2davrida S. 1tartib spermatositlarni hosil qiladi.