Spesiya, Laspesiya

Spesiya, Laspesiya — Italiyaning shim. qismidagi shahar. Spesiya provin- tsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 91 ming kishi (2001). Liguri dengizi sohilidagi port. Mashinasozlik (xusu- san, kemasozlik), neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Mam- lakatda eng yirik issiklik elektr st-yasi qurilgan. Dengiz va arxeologiya muzeyla- ri bor. Shaxar 12-a.dan ma’lum. 14-16- a.larga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan. Turizm rivojlangan. Harbiy dengiz bazasi.