Spitak zilzilasi
Spitak zilzilasi – 1988 y. 8 dek. ertalab Armanistonning tog’li r-nida sodir bo’lgan. Magnitudasi 7,0, kuchi 9 balldan ortiq. Zilzila o’chogidan ajralib chiqqan energiya 10″ joulga teng bo’lib, er yuzasida yoriqlar, ko’chki va o’pirilmalar hosil qilgan. Ba’zi yoriqlarning uz. 4-5 km ga cho’zilgan. Kuchli seysmik tebranishlar imoratlar- ni tiklab bo’lmas darajada xonavayron qilgan. Natijada Spitakdan tashqari 20 ga yaqin shahar, 342 ta qishloq juda katta zarar ko’rgan. 170 dan ortiq sanoat kor- xonasi ishdan chiqqan. Imoratlar tagida 25 ming kishi halok bo’lib, 19 ming kishi jarohat olgan. Kommunikasiya inshoot- lari buzilgan.