Spitamen
Spitamen (Yun. — Spitamenes, sug’dcha — Spitamana) (?—mil. AV. 328) — Sutdiyonada Vatan ozodligi yo’lida Alek- sandr (Iskandar)ga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni (q. Spitamen qo’zyuloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanningyozishi- cha, S.ning onasi — Sug’d, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan bo’lgan. S. yoshligida abjir, chaqqon yigit bo’lib o’sgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. S. dastlab Doro III ning, so’ngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin saf- doshlaridan bo’lgan. Bess o’limidan so’ng, yunonmakedon istilochilariga qarshi 3 y. davomida mardona karshilik ko’rsatgan. Arriannmng yozishicha, qo’zg’olonchilarga qo’shilgan ko’chmanchi massaget kabilala- ri rahbarlari Aleksandrning cho’l ich- karisiga yurish qilishidan xavotirla- nib S.ni o’ldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. S.ning kizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan Salavkiylar- ning mashhur hukmdori Antiox tug’ilgan. S.ning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlar- ga ruhiy madad berib kelgan. S. haqida ko’plab badiiy (V. Yanning “qo’rg’on uzra olovlar”, ya. Ilyosovning “Sug’diyona”, M. Qorievning “Sug’d qoploni” romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan. Ortiqboy Abdullaev.