Spondilit
Spondilit — umurtqa pog’onasining surunkali yallig’lanishi. Ko’pincha sil kasalligi sabab bo’ladi. Zaxm, aktinomikoz, stafilokokk infek- tsiyasi (umurtqa pog’onasining o’tkir va surunkali osteomielitm), revmatizmga aloqador artrit va b. kasalliklarda S. kamroq uchraydi. Sil S.ida umurtqa pog’onasining ko’krak bo’limida, zaxm S.ida bo’yin bo’limida, revmatizmga aloqador S.da bel va ko’krak bo’limlarida o’zgarish ro’y beradi. Sil Si aksari 10 yoshgacha bo’lgan bolalarda, zaxm S.i 40-50 yoshlarda, revmatizmga aloqador S. 20— 30 yoshlar- da boshlanadi. Kasallik, odatda, astase- kin, bemorga bilinmasdan rivojlanadi. S.da umurtqalar tanasi emirilib, umurtqa pog’onasining shakli o’zgaradi. Umurtqa pog’onasining burchak hosil qilib qiyshayishi — bukrilik S.ning eng tavsiflovchi belgisidir. Umurtqalar tanasi bir tekis emirilganda yon tomonga qiyshayish (skolioz) ro’y berib, ko’proq umurtqa pog’onasining bel bo’limida kuzatiladi (q. Umurtqa pog’onasining qiyshayishi). S.da umurtqa pog’onasi va uni o’rab turgan muskullardagi tinimsiz kuch- li og’riq umumiy sil intoksikasiyasi belgilari: lanjlik, holsizlik, gav- da t-rasining ko’tarilishi va oriqlab ketish bilan birga kechadi. Kasallik og’irlashganda umurtqa pog’onasining shakli o’zgaradi (bukrilik), ko’pincha uni o’rab turgan to’qimalarda oqma yaralar paydo bo’lib, orqa miyaning zararlani- shi kuzatiladi. Jarayon so’ngandan key- in og’riq yo’qoladi, bemorning umumiy ahvoli yaxshilanadi. Biroq buni sog’ayish deb bo’lmaydi. Odatda, infektsiyaning “yashirin” o’choqlari bo’lib, ular kasal- likning qaytalanishiga olib kelishi mumkin. S.ga kliniklab. va rentgenologik tekshiruvlar asosida diagnoz qo’yiladi. Bemor antibakterial preparatlar, or- topedik metodlar (gips karavot, kor- set va umurtqa pog’onasini fiksasiya qilishning boshqa metodlari) bilan, shu- ningdek, sanatoriykurortda davolanadi. Ba’zan operasiya qilishga to’g’ri keladi.