Sporalar

Sporalar (Yun. spora — sochish, sepish, ekish, urug’) — 1) zamburug’lar va o’simliklarda ko’payish uchun xizmat qiladigan maxsus hujayra. Zamburug’lar va tuban o’simliklarda mitoz (mitospo- ralar), yuksak o’simliklarda meyoz (Mei- osporalar) bo’linish natijasida vujud- ga keladi. Hosil bo’ladigan joyiga bi- noan, S. endosporalar va ekzosporalarga ajratiladi. Tuban suv o’simliklari S.i (zoosporalar)ning harakatlanish orga- ni — xivchinlari bo’ladi. Qurukdikda o’sadigan yuksak o’simliklarda S. XIV- chinsiz; qattiq qobiq bilan o’ralgan; sha- mol yordamida tarqaladi. S. o’lchami 3-5 mkm dan 25-50 mkm, ba’zan 200 mkm gacha (ipsimon suvo’tlar). S. oval, tsilindrsi- mon, sharsimon, ipsimon va b. shaklda; sirti g’adirbudur, har xil o’simtalari bo’ladi. Sirti qobiq bilan o’ralgan S. 10 kundan 3-5 yilgacha, ba’zan 25 yil- gacha (qorakuya) hayotiy xususiyatlarini yo’qotmaydi. Ayrim zamburug’lar 1 sutka davomida 30 mln. spora hosil qiladi. Bug’doy doni- da 8 mln.dan 20 mln.gacha, bitta boshog’ida 200 mln.gacha spora hosil bo’ladi. PLA- unlar S.i dan tibbiyot, metall quyish, tog’jinslari yoshini anikdashda foy- dalaniladi; 2) bir hujayrali parazit hayvonlarda qalin pust bilan qoplangan bir yoki ko’p hujayrali Hosila. Tarqalish va noqulay sharoitdan himoya kilish va- zifasini bajaradi; 3) bakteriyalar va arxeobakteriyalarda tinch holatdagi re- produktiv hujayra. Hayot tsikli oxiri- da vujudga keladi. Ko’payish va noqulay sharoitdan himoya qilish vazifasini ba- jaradi. Ona hujayra ichida (endospora) bittadan hosil bo’ladi. Yuqori harorat, suvsizlik, radiasiya, erituvchilar va b. noqulay sharoitlarga chidamli. S. qulay muhitga tushganida ko’karib chiqib, yangi vegetativ xujayra hosil qiladi.