Sporangiy

Sporangiy (spora(lar) va Yun. angeion — idish) — bir hujayrali (zamburug’lar va ko’pchilik tuban usim- liklarda) yoki ko’p hujayrali (yuksak o’simliklarda) organ. S.da sporalilar etiladi. S. nomi zamburug’lar va tuban o’simliklarda ularda rivojlanayotgan sporalarning tuzilishi (zoosporan- giy) yoki soniga (mono, tetrasporangiy), tashqi ko’rinishi (tsistokarpiy), spo- ralarning hosil bo’lish usuliga (Mito- sporangiy, meyosporangiy) bog’liq. Yuk- sak o’simliklar faqat meyosporangiy hosil qiladi. Yo’sinlar S.si sporongiya kusakchasidan iborat. Qirqquloqlar va qirqbo’g’imlarda S. sporofillarda yoki ular qo’ltig’ida bittadan yoki to’p bo’lib (soruslar) joylashadi. Bir xil sporali qirqquloklarda S. bir xil tipda, har xil sporalilarda S. ikki xil (mikro va megasporangiylar), mikro va megaspo- ralar hrsil qiladi; ulardan erkak va urg’ochi o’simta rivojlanadi.