Sport

Sport (ing. sport — o’yin) — jismo- niy madaniyatning tarkibiy qismi, jis- Moniy tarbiya vositasi va usuli, jismo- niy mashqlarniit turli majmualari bo’yicha musobaqalar tashkil etish, tayyor- lash va o’tkazish tizimi. S.ning maqsadi kishilarning sog’lig’ini mustahkamlash va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga S. musobaqalarida yuqori natija va g’alabalarga erishishdir. Dastlabki S. musobaqalari Yunoniston- da mil. AV. 1580 y.da bo’lib o’tgan. 19-a. ning 2-yarmida, ayniqsa, 1894 y. Xalqaro Olimpiada qo’mitasi (XOQ) tashkil qilinganidan keyin S. juda tez rivoj- lana boshladi. 1896 y.da 1zamonaviy Olimpiada o’yinlari o’tkazildi. S.ning asosiy 3 ta o’zaro bog’liqtashkiliy shakllari mavjud: om- maviy havaskorlik Si; o’quv fani sifa- tidagi S; yuqori natijalar Si. Ommaviy havaskorlik Si — insonning jismoniy takomillashuvi sharti; u kishilarning yoshi, salomatligining holati, jismoniy rivojlanish darajasiga ko’ra chegarala- nadi. O’quv fani sifatidagi S. — barcha turdagi ta’lim muassasalari va qurolli kuchlarda harbiyjismoniy tayyorgarlik dasturlariga kiradi. Yuqori natijalar S. i eng yaxshi S. kursatkichlari (rekord- lar)ga erishish uchun sharoit yaratadi, insonning jismoniy tayyorgarligini namoyish etadi, jismoniy tayyorgarli- klarning samarali vosita va usullarini ommaviy amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi. Taraqqiyot jarayonida S. jismoniy tarbiya doirasidan chiqib, mustaqil umummadaniy, siyosiy, estetik, iqtisodiy ahamiyat kasb etdi. S. dusto- na xalqaro aloqalarni kengaytirishga, xalqlarning uzaro birbirini tushuni- shi va do’stligi rivojlanishiga xizmat qilmoqda. 19-a. o’rtalaridan bir necha G’arb mamlakatlarida professional S. rivojlana boshladi. U tomoshabopligi, biznesga aylanib, katta daromad manbai bo’lib borayotganligi bilan ajralib tu- radi. S. turlarining 2 asosiy guruhi mav- jud: milliy S. turlari va xalqaro S. turlari. Milliy S . turlari har bir xalqning o’ziga xos turmush tarzi, mehnat faoliyati va dam olish sharoiti asosida- rivojlangan. Xalqaro S.turlari muayyan sharoitlarda musobaqalar o’tkazishning umumlashtirilgan tizimlaridan iborat bo’lib, bunda musobaqa ishtirokchilari- ning o’zaro munosabatlarini, natijalar- ni hisobga olish va baholashni xalqaro miqyosda bir xil tartibga keltirish, Yago- na qoidalardan foydalanishga asoslan- gan maxsus cheklashlar nazarda tutiladi. S. bilan shug’ullanishda jismoniy tar- biya va S.ni boshqarish davlat organla- ri, xalqaro S. tashkilotlari tomonidan man etilgan vositalarni qo’llashga yo’l qo’yilmaydi. Yuqori S. ko’rsatkichlariga erishish maqsadida stimulyatorlardan, doping moddalaridan, xalqaro olimpia- da qo’mitasi man etgan boshqa vositalar- dan foydalangan S.chi musobaqalardan chetlashtiriladi. O’zbekiston Respublikasida S. umum- davlat ishi hisoblanib, jismoniy ma- daniyat bilan birga Ag’olining barcha qatlamlarini va yosh guruhlarini qamrab olgan. Mamlakatda 50 dan ziyod S. turi ommalashgan, ulardan 30 turi Olimpi- ada o’yinlari dasturiga kiritilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” (2002 y. 31 okt.), “O’quvchi va talaba yosh- larni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimi – ni tashkil etish to’g’risida” (2003 y. 3 iyun), “ommaviy sport targ’ibotini yanada kuchaytirish choratadbirlari to’g’risida” (2003 y. 4 noyab.) qarorlari O’zR da S.ni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Bu qarorlar aso- sida yangi bolalar S. inshootlarini barpo etish dasturi, sport anjomlari va jihozlari, kiyimkechaklar va charm poyabzal mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish., maktablarda, ayniqsa, qishloq maktablarida jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish, aholi o’rtasida S. madaniyatini yuksal- tirish, ommaviy S. targ’ibotini rivoj- lantirish tadbirlari ishlab chiqilib, ularni hayotga tatbiq etishga kirishildi. Jumladan, O’zbekiston televideniesi- ning 4kanali S. kanaliga aylantirildi. Jismoniy tarbiya va S. sohasini kadrlar bilan ta’minlash maqsadida oliy ta’- lim muassasalarida bolalar S. i uchun pedagog murabbiylar tayyorlash, S. jur- nalistikasi va psixologiyasi mutaxas- sisliklari bo’yicha ta’lim tizimini ta- komillashtirish yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Sportchilarni ijti- moiy qimoyalash masalalari qonun bilan mustahkamlanadi. Chunonchi, “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni (2000 y. 26 may)da davlat boshkaruv organlari, jis- Moniy tarbiya va S. jamoat birlashmala- ri, sport klublari va markazlari, boshqa ixtisoslashtirilgan sport tashkilotla- ri va muassasalari sportchilarga zarur ijtimoiymaishiy sharoitlarni yaratish- lari hamda ularning sihatsalomatligi muxrfaza qilinishini ta’minlashlari shart qilib qo’yildi. Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqidan foydalanadilar. S. musobaqalarida qatnashuvchi shaxslar sug’urta polislariga ega bo’lishlari shart. S. sohasida juda katta yutukdarga erishgan fukarolar, jismoniy tarbiya va S.ni rivojlantirishda alohida xiz- mat ko’rsatgan S. ustozlari, sportchilar- ni taqdirlash maqsadida “O’zbekiston iftixori”, “O’zbekiston Respublika- sida xizmat ko’rsatgan sport ustozi”, “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi” faxriy unvonlari ta’sis etiddi. Mamlakatda S. matbuoti shakllandi: “Sport” gaz., “O’zbekiston futboli”, “tennis +”, “Books plus futbol” (Toshkent), “futbol Ekspress” (Andijon), “asr futboli” (Namangan), “Inter futbol” (Kosonsoy) kabi gaz.lar nashr etilmoqda. Soat Musaev, Komil Yarashev.