Srinagar

Srinagar (kashmircha — muqaddas shahar) — Hindistonning shim. qismidagi shahar. Jalam daryosi bo’yida, Kashmir vodiysida, 1600 m balandlik- da joylashgan. Jammu va Kashmir shta- tining ma’muriy markazi. Aholisi 910 ming kishi (2001). Transport yo’llarining yirik tuguni. To’qimachilik sanoati rivojlangan: pillakashlik, shoyi to’qish, jun gazlama f-kalari bor. Yog’ochsozlik, oziqovqat, mashinasozlik, ko’nteri sanoati korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Hunarmandchilik rivojlan- gan: gilam, kashmiri shol ro’mol, ipak gazlama to’qiladi, kumush va zargarlik bu- yumlari tayyorlanadi, yog’och o’ymakorligi bilan shug’ullaniladi. 2 un-t, yirik aeroport bor. Me’moriy yodgorliklar- dan jome masjidi (15-a.), Boburiylar davridan qolgan bog’parklar saqlangan. S Jalam daryosining har ikki sohili bo’ylab cho’zilgan va 9 ko’prik orqali bog’langan. Shaharda ichki aloqalar, aso- san, qayiqlar orqali amalga oshiriladi, shu sababli S.ni “Osiyo Venesiyasi” deb ham ataydilar.