STAGFLYATSIYA
STAGFLYATSIYA – (lot. stagno – “harakatni so’ndiraman” va inflatio- “shishmoq”, “puflangan”) iqtisodiy tanglik bilan inflyatsiyaning birgalikda yuz berishidir. U ishlab chiqarishning turg’unlashtirilishi yoki pasayishi (stagnatsiya), o’sib boruvchi ishsizlik va inflyatsiya bilan xarakterlanadi. Shuningdek, stagflyatsiya ishlab chiqarish quvvatlarining to‘la ishlatilmasligi investitsiya jarayonining sustlashuvi, ijtimoiy beqarorlik bilan ham xarakterlanadi. Stagflyatsiya g’arb mamlakatlarida 70 yillarda, SSSRda 80 yillarda yuz bergan. Bu holatdan chiqish uchun ishlab chiqarishni tashkil etish, investitsiya, texnika, texnologiya tizimini yangilash, ishlab chiqarish tarkibini o’zgartirish va boshqa bir qator tadbirlami amalga oshirish zarur.