STAGNATSIYA
STAGNATSIYA (fr. stagnation, lot. stagno – harakatsiz, to’xtataman) — iqtisodiyotda pasayishdan oldin yuz beradigan, pasayish bilan birga kechadigan turg’unlik holati. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda 1930-1939 yillarda, ikkinchi jahon urushi (1939-45)dan keyin yuz bergan. O’zbekistonda 1991-1995 yillarda kuzatildi. Stagnatsiya investitsiya jarayonlarining, ishlab chiqarish, quvvatlarining to’liq band etilmasligi, surunkali ishsizlik, iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi yoki nol darajasi va boshqalarda ko’rinadi. Stagnatsiyada real yalpi ichki mahsulot hajmi turg’un holatda saqlanadi, ba‘zan pasayib ketadi. Stagnatsiya davomiyligi turg’unlik va tanglikning naqadar chuqurligi va davlat tadbirlari (tadbirkorlarga imtiyozlar, soliqlarni, eksport bojlarini kamaytirish, davlat buyurtmalarini tiklash, hisob stavkalarini kamaytirish va boshqalar) ning ta‘sirchanligiga bog’liq.