Stalagmitlar

Stalagmitlar (Yun. Stalagma — tomchi) — g’orlar va b. er osti karst bo’shliqlari tubidagi ustunsimon, konussimon va b. shaklli oqiqtomchi (asosan, ohaktoshli) hosilalar. Mine- rallashgan (asosan, kaltsiy karbonat) tomchilarning cho’kmaga tomib, undan to’yingan karbonat gazining chiqib ke- tishidan hosil bo’ladi. S. O’lchamlari karst bo’shlig’i hajmiga bog’liq ravishda turlicha bo’ladi (diametri 5 m, balandli- gi bir necha sm dan 30 m gacha etadi) va u doimiy ravishda o’sib boradi. O’rta Osi- yodagi yirik g’orlarda (Qarluq, Amir Te- Mur, Chilustun, Hazrat Dovud va b.) keng tarqalgan (yana q. G’orlar).