Stalaktitlar

Stalaktitlar (Yun. stalaktos tom- chilab oqish) — karst gorlarining shifti va devorlarida naycha, uzunchoq muz, shoki- la shaklida oqib tushib qotgan (ko’pincha ohaktoshli) hosilalar. X,osil bo’lishi va mineral tarkibi stagagmitlarnnshta aynan o’xshash. Faqat S. yuqoridan pastga qarab o’sadi. Er ostiga sizib kirgan suv tog’jinslari — ohaktoshlarni eritib, minerallashadi va g’or shipidan tomib turadi. Suvning bug’lanishi natijasida is gazi chiqaradi, qolgan qo’shimcha mono- karbonat Ca(Mg)Co3 S.ni hosil qiladi va o’sib borish jarayonida stalagmitlar bilan o’zaro qo’shilib ustun (stalakton) hosil qiladi. Sharqiy Evropa mamla- katlarida (Chexiya, Vengriya, Serbiya va Bolgariya) S, stalagmit va stalaktonli yirik g’orlar juda ko’p uchraydi. Ven- griyadagi mashhur Agtelek gori bir necha kavatli galereyadan iborat. Bu g’ordagi S, stalagmit va stalaktonlarning ko’pligi, ularning g’aroyib shakllari, sun’iy yorug’dan tovlanishi, g’ordagi havoning toza va salqinligi sayohatchilarni jalb etadi. S. O’rta Osiyoda Qarluq, Amir Te- Mur, G’unjak va b. g’orlarda mavjud (yana q. G’orlar).