Stanislavskiy (Alekseev) Konstantin Sergeevich

Stanislavskiy (Alekseev) Konstantin Sergeevich (1863.1.1 — Mo- skva — 1938.7.8) — aktyor, rej., pedagog: teatr nazariyotchisi. Xalq artisti (1936). Peterburg faning faxriy akad. Rus te- atrining yirik islohotchisi. 1898 y. (V. NemirovichDanchenko bilan) Moskva Badiiy akademik teatriga asos solgan. Teatr ijodiy faoliyatini boshlab beri- shi bilan sahna realizmi rivojlanish bosqichini xam boshlab, jahon geatriga katta ta’sir etdi (q. Stanislavskiy si- stemasi). A. Chexov, M. Gorkiy pesa- larini saxnalashtirib, S. va Nemiro- vichdanchenko rej.lik va aktyorlik san’- atining yangi yo’llarini ochdi. “Doktor Shtokman” (G. Ibsen)da doktor Shtokman, “Tubanlikda” (M. Gorkiy) Satin, “Vanya tog’a” (A. Chexov)da Astrov, “uch opasin- gil” (A. Chexov)da Vershinin, “akdli- lik balosi” (A. Griboedov)da Famusov, “Har to’kisda bir ayb” (A. Ostrovskiy) da Krutiskiy kabi rollari klassik dra- maturgiya imkoniyatlarini ochishga ijti- moiy teran yondashish namunasi bo’ldi. 1918 y.dan katta teatrning opera Studi- yasi (keyinchalik Stanislavskiy nomi- dagi opera teatri)ni boshqargan. “EV- geniy Onegin” (P. Chaykovskiy), “Shoh qallig’i” (N. Rimskiy Korsakov) kabi operalarni sahnalashtirgan. 1935 y. Operadramatik studiyasini tashkil etdi.