STANISLAVSKIY SISTEMASI

STANISLAVSKIY SISTEMASI – teatr san’atining K. S. Stanislav- skiy tomonidan ishlab chiqilgan sahna nazariyasi va uslubining nomi. S.s. rus va jahon teatri ilg’or an’analari hamda Moskva badiiy akademik teatri (MXAT) amaliy faoliyati asosida, Stanislav- skiyning ijodiy va pedagogik tajri- basi mahsuli sifatida yuzaga kelgan. Seda 1 martaijodiy jarayonni ongli o’zlashtirish muammosi hal qilinadi, aktyorning obrazga uzviy kirish yo’li tekshiriladi. Teatr san’atida reali- stik yo’nalishning nazariy asosi bo’lib, bu yo’nalish “kechinma san’ati” deb ata- ladi. S.s. sahnada hissiyotni tashqi to- monidan ko’rsatib, aktyor ijrochiligini kasb (hunar) ga, qolipga aylantiruvchi, aktyor ijodiga ilhomning o’zi etarli deb qarovchi san’atga qarshi qaratilgan. Sahna xattiharakati xususidagi ta’li- Moti S.s.ning asosini tashkil qiladi. Stanislavskiy diqqatini asosiy ma- salateatrda aktyorning tabiiy, ijodiy kayfiyati va sahnaviy obraz yaratish masalasiga qaratib, o’z sistemasini 2 kiemga: aktyorning o’z ustida g’amda rol ustida ichki va tashqi tomonidan ishla- shiga ajratadi. S.s. aktyor oldiga kagor vazifalar qo’yadi. Ana shu vazifalar ora- sida eng muhimi aktyorning pesa mazmu- nini to’liq tushunishi, tavsiya etilgan muhitda o’zini unga mos va uyg’un xis eta bilishidir. Mazkur tamoyilni amalga oshirish maqsadida K. S. Stanislavskiy “jismoniy harakat metodi”, “qalb ko’zi bilan ko’ra bilish”, “harakat tahlili” va “oliy maqsad” qoidalarini ishlab chiqdi. Aktyor o’z oldiga “oliy maqsad”, ya’ni aniq goyaviyijodiy niyat qo’ysagina, uning ijodi badiiy etuk va ta’sirli bo’ladi. O’zbek professional teatri 20-a.ning 30y.laridan e’tiboran S.s.ga amal qilib keladi. M. Uyg’ur nomidagi Toshkent dav- lat san’at in-tida aktyor va rej.larni tayyorlashda S.s. qo’llanib kelinadi. Muhsin Qodirov.