Stark

Stark — kechpishar kuzgi olma navi. AQShdan olib kelingan. Daraxti kuchli usadi. Barglari yirik, to’q yashil. Apr. da gullaydi. Gullari yirik, pushtirang. King Devid, Parmen, Simirenko kabi navlardan yaxshi changlanadi. Mevasi yirik, vazni 140-160 g, yumaloqcho’ziq. Meva bandi kalta. Pusti yupqa, qattiq, silliq muloyim, ko’kimtirsariq, sir- ti qizg’ish bilinarbilinmas chiziklar bilan qoplangan. Eti och-sariq, qattiq, sersuv, ta’mi nordonshirin, xushbo’y. Mevasi avg. oyining oxirlarida terib olinadi. Mart oyigacha yaxshi saqlanadi. Past payvandtaglarda 3-4-yili, ba- Land payvandtaglarda 6—7yili hosilga kiradi. Kasalliklar va zararkunan- dalarga chidami yuqori. Mevasi kam to’kiladi. O’zbekistonda ixtksoslashgan bog’dorchilik xo’jaliklarida ekiladi.