STATISTIK HISOB

STATISTIK HISOB – ommaviy xo’jalik hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish va ishlash tizimidan iborat. Xo’jalik hisobining bu turi butun xo’jalik va uning tarmoqlari rivojlanish jarayonini o’rganishga yo’naltirilgan. Undan korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo’layotgan turli-tuman ommaviy hodisalami kuzatish uchun foydalaniladi. Uning yordamida xo’jalik faoliyatining turli-tuman miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi. Sanoatda bundaylarga, masalan, ishlab chiqarish hajmi, o’rtacha ish haqi, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi darajasi o’sishi vahokazo ко’rsatkichlar kiradi. Dastlabki statistik kuzatuvlarning ma’lumotlari tumanlar, viloyatlar va umuman respublika xalq xo’jaligining ayrim tarmoqlari bo’yicha umumlashtiriladi.