STATISTIKA
STATISTIKA – ко’plab ijtimoiy voqealarning miqdoriy tomonlarini, ularning sifat tomonlari bilan uzviy boqliqligini, shuningdek, ijtimoiy voqealarni aniq sharoitlar, joy va vaqtlarda rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi ijtimoiy fan. Buning uchun turli statistika usullari qo’llaniladi: statistik kuzatish, iqtisodiy indekslar, guruhlash, o’rtacha kattalik va boshqalar. Shu bilan birga statistika tezkor va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasida statistika ma’lumotlarini yig’ish va ishlab chiqish bilan har bir viloyat va tumanlardagi davlat statistika organlari shug’ullanadi. Bu organlaming barchasi yagona metodologiya asosida ish olib boradi va Davlat statistika qo’mitasi boshchiligida yagona tizimni tashkil etadi.