Status kvo
Status kvo (lotincha status guo muayyan paytdagi holat) xalqaro huquqda — mavjud bo’lib turgan yoki muayyan fursatda mavjud bo’lgan va saqlab qolish yoki tiklash to’g’risida so’z borayotgan siyosiy, huquqiy yoki boshqa holat. Xalqaro huquq amaliyotida, shuningdek, “Status kvo” Ante bellum (lotincha ante bellum) termini ham ishlatiladi, u urush boshlanishidan avval mavjud bo’lgan holatni anglatadi.