Stefanopulos Konstantinos
Stefanopulos Konstantinos (1926, Patras sh.) — Gresiya davlat ar- bobi. Afina un-tining yuridik ftini tugatgan. Advokatlik bilan shug’ullangan (1954-74), milliy birlik hukumatida savdo bo’yicha davlat kotibi (1974), GRE- tsiya ichki ishlar vaziri (1974— 76), ijtimoiy ta’minot vaziri (1976-77), Gresiya Bosh vaziri huzurida maslahatchi (1977-81). 1964, 1974, 1981 y.larda tur- li partiyalardan mamlakat parlamenti deputati etib saylangan. Tiklanish de- mokratik partiyasi asoschisi (1985), shu partiyadan Afina saylov okrugi bo’yicha deputat (198994). 1995 y. 8 martdan Gresiya Respublikasi prezidenti. 2001 y. mart oyida rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’lgan.