STRASBURG UNIVERSITETI

STRASBURG UNIVERSITETI – Frantsiyadagi qad. un-tlardan biri. 1621 y. asos solingan. 1870-71 y.gi Frantsiya — Prussiya urushida Frantsiya mag’lubiyatga uchragach yopilgan va uning o’rniga Kayzer Vilgelm un-ti tashkil etilgan. 1919 y. qayta tiklangan. 1935— 45 y.larda KlermonFerran sh.da joy- lashgan va Frantsiya qarshilik ko’rsatish harakatining markazlaridan biri bo’lgan. 1947 y. Kdrshilik kursatish xa- rakati medali bilan mukofotlangan. Su. tarkibida 3 un-t faoliyat ko’rsatadi. Tibbiyot, mat., fizika, kimyo, fiziolo- giya, biokimyo, botanika, zool., umumiy biol., geol., geofizika, tarix, Filol., teologiya, huquq, iqtisodiy fanlar va b. sohalar bo’yicha mutaxassislar tayyorlay- Di. 30 mingdan ortiq talaba ta’lim ola- Di. Kutubxonasida 3 mln.dan ortiq asar saqlanadi.