STRASHENSKIY

STRASHENSKIY (Moldaviyadagi Strashena shaharchasi nomidan)— o’rta kechpishar xo’raki uzum navi. Moldaviya uzumchilik va vinochilik i.t. in-tida Kattaqo’rg’on x Dodrelyabi duragayini murakkab turlararo duragay muskat de Sen Vale bilan chatishtirib chiqarilgan (M.Sjuravel, G.M.Borzikova, I.P.Gavrilov, N.I.Guzun). Tupi kuchli o’sadi. Barglari yirik, yumaloq, uchbesh bo’lmali, chetlari sal kertikli va past- ga egilgan, ters tomoni tukli. Guli ikki jinsli. Uzumi avg.sent.da pishadi. Uzum boshi yirik, tsilindrsimon, konussi- mon, o’rtacha tig’iz, chochoq. G’ujumi Yi- rik, yumaloq, to’q binafsha, quyuq g’ubor bilan qoylangan. Eti go’shtdor, sersuv. Kurtagi bo’rtgandan keyin faol harorat yig’indisi 2900° bo’lganda 155 kunda pishadi. Tarkibida 20-22% qand bor. Novdalari yaxshi pishadi. Sovuqqa chida- mi o’rtacha. Hosiddorligi 200-250 ts/ga. Rag’a kasalligiga chidamli, kulrang chi- rishga chidamsiz.