Stravinskiy Igor Fyodorovich

Stravinskiy Igor Fyodorovich [1882.5 (17).6, hoz. Lomonosov — 1971.6.4, NyuYork, Venesiyada dafn etilgan] — rus kompozitori, pianino- chi va dirijyor. Atoqli xonanda Fyodor Stravinskiy (1843-1902)ning o’g’li. 20- a. musiqasining islohotchilaridan. Pe- terburg un-ti (1900-05)da va musiqadan N.RimskiyKorsakov (1903-05)da tehsil ko’rgan. 1914 y.dan Evropa, 1939 y.dan AQShda yashagan. Deyarli 65 yillik ijo- diy faoliyati davomida rus musiqasi an’analariga tayangan. Shuningdek, musiqiy impressionizm (“Qaqnus” ba- leti), moziy rus folklori (“Petrush- ka”, “Muqaddas bahor” baletlari), ne- oklassisizm (“Pulchinella” baleti, “Shoh Edip” operaoratoriyasi va b.), jaz musiqasi (“Regtaym”, “obnus kontser- ti”), diniy musiqa (“Psalmlar simfo- niyasi”, “Trenlar”, “Rekviem”, “motam kanonlari”), dodekafoniya (“Dilan to- mas xotirasiga”, “Agon”, “jon Kennedi elegiyasi” va b.) kabi uslublarga o’ziga xos tarzda murojaat kilgan. S. asarla- ri boy fantaziyasi, kuylari, ritmikasi, orkestrlash usullarining original- ligi, shaklan rang-barangligi bilan qimmatlidir. S.ning ijodiy merosi va kontsert faoliyati zamonaviy musiqa ri- vojiga katta ta’sir ko’rsatmoqda. S. 20 a.da “Hyp — Sharqdandir!”degan da’- vatni takrorlab, Sharq mavzulariga mu- rojaat etgan. O’zbekistonda uning qator kamercholg’u va simfonik (2 simfoniyasi — premera tarzida) asarlari, balet musiqasi muntazam ijro etilmoqda. To’xtasin G’afurbekov.