Streptokokk

Streptokokk (Yun. streptos — zanjir va kokklar) — harakatsiz bakte- riyalar turkumi (diametri 0,6—1 mkm). Havo changi, odam terisi va b.da uchray- Di. Bo’linib ko’payadi, natijada har xil uzunlikdagi sharsimon hujayralar zanjiri hosil bo’ladi. S spora hosil qilmaydi; grammusbat; shakar va Spir- tni bijg’itadi. Ayrim turlari amaliy ahamiyatga ega; sut kislota Si laktozani bijg’itib sut kislota hosil qiladi. Bu jarayondan sut mahsulotlari (prostokva- sha va b.) olishda foydalaniladi. Poli- saxaridlarni dekstranga aylantiruvchi ayrim turlari qon o’rnini bosuvchi Su- yuklik tayyorlashda qo’llanadi. Kasallik tug’diruvchi turlari angina, saramas, Yi- ringli kasalliklar paydo qiladi; qonni zararlaydi. Ba’zi S.lar eritrositlarni emirish (gemoliz) xususiyatiga ega.