Studiya

Studiya (ital. studio — o’qish, o’rganish) — 1) rassom yoki haykaltarosh ustaxonasi; 2) rassom yoki aktyorlar tay- yorlaydigan maktab; 3) ijodiy faoliyat bilan bir qatorda sahna (yoki tasviriy) san’ati asoslarini o’rganadigan, asosan, yoshlardan tashkil topgan teatr (yoki ras- somlar) jamoasi. S.ning professional va xavaskorlik turlari bor; 4) badiiy va b. filmlar yaratuvchi ijodiy va texnik kino xodimlari jamoasi; 5) radioeshit- tirish va teleko’rsatuvlar olib borila- digan maxsus bino (radiostudiya, tele- studiya); 6) ovoz yozish xonasi. Musiqiy asarlar ijrolarini elektr (magnitofon kabi) va elektron (sintezator va b.) vo- sitalar yordamida yozib olib fonogramma tayyorlaydigan maxsus joy (mas, “Tarona rekorde” S.si va b.).