SUBAX
SUBAX —ilk o’rta asrlarda O’zbekistonning Janubda mavjud bo’lgan shahar. Nasafdan 6 farsax masofada, Kesh va Termizga boradigan karvon yo’li kesishuvida joylashgan. 8-asrda Subax Muqanna qo’zg’oloni bilan bog’liq voqealar markaziga aylangan. Subax aholisi dehqon Umar Subahiy (yoxud Amr) boshchiligida arablar noibini o’ldirib Muqannaga birinchi bo’lib qo’shilganlar va ochiq ravishda yangi dinga e’tiqod qila boshlaganlar. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda. Subax Qarshi yo’lida joylashgan hozirgi O’liktepa shahar xarobasi o’rnida bo’lgan. shahar 3 qismdan — Ark, Shahriston va raboddan tashkil topgan. Subaxdagi hayot mo’g’ullar istilosigacha davom etgan. Keyingi davr manbalarida Subax qayd etilmagan. Ad.: Kamaliddinop Sh.S.. Istoricheskaya gsografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyaz1chn|m istochnikam IX — nachala XIII vv” T., 1996.