Sub’ekt
Sub’ekt (lot. subjectus — ostida, pastda, asosida turuvchi) — mantiqning hukm chiqarilayotgan predmetni bildi- ruvchi termini. Grammatik an’analarda “S.”termini hukm (fikr) predmetiga muvofiq keluvchi ran bo’lagini bildirish uchun qo’llangan. Bu termin G’arbiy evro- Pa sintaktik terminologiyasida aynan, tarjimasiz qoldirilgan; rus grammati- kasida uning kalkasi — “podlejahee”, o’zbekchada esa ruscha terminning mazmu- niy kalkasi (“ega”) qo’llanadi. “S.» grammatik, mantiqiy (kommunikativ, psixologik) hamda semantik S. tushun- chalarini birlashtiradi. Ko’pchilik hollarda ular yoki asosan grammatik S. egaga teng bo’ladi. Mas, “bola yig’layapti” gapidagi “bola” so’zi bir paytning o’zida ham S, ham ega hisoblanadi.