Sublimasiya
Sublimasiya (psixologiyada) — shahvoniy quvvatning ijtimoiy foydali yuksak maqsad va ob’ektlarga yo’naltirilishi, ko’chirilishi. “S.”tu- shunchasini 3. Freyd o’zining psixoana- Liz nazariyasida ilgari surgan (1900). Ushbu ta’limotga ko’ra, jamiyatda AK- sariyat odamlarning hayoti va kamoloti davomida ularning tabiiy moyillik quvvati mehnat faoliyatiga, akliy hamda ijodiy faoliyatga karatiladi, sarf etiladi. Bunda S. psixologik himoyani ta’minlovchi omil sifatida katnashadi. Jamiyat va shaxsga mutanosib psixika- ning irsiy ko’rinishlarini uzatish yo’li bilan nizoli vaziyatdagi jiddiylik, zo’riqishni kamaytirish hodisasi uning vazifasi hisoblanadi. S. masalalariga bolalar psixologiyasi, ijod psixologi- yasida muhim ahamiyat beriladi. Ijti- moiy psixologiyaal uni shaxs sosiali- zasiyasi jarayoni bilan bog’laydilar. S. to’g’risidagi tasavvurlar psixikanmj biologik talqinini aks ettiradi.