Suborbital parvoz
Suborbital parvoz – kosmik uchish apparatining 1kosmik tezlik (7,91 km/s) dan kichik tezlikda, ya’ni er sun’iy yo’ldoshi orbitasiga chiqmasdan ballistik traektoriya bo’ylab uchishi. S.p.dan maqsad — kosmik kemalarni si- nab ko’rish, tibbiybiologik tadqiqotlar o’tkazish va b. AQSh da 1960-61 y.larda astronavtlar “Merkuriy” dasturi bo’yicha 2 ta, SSSRda 1975 y.da kosmo- navtlar “Soyuz” dasturi bo’yicha 1 ta S.p. qilgan. Bu parvozda astronavtlar A. She- pard (1961 y. 5 may) va V. Grissom (1961 y. 21 iyul) bo’lgan. S.p.ning o’tish mudda- ti — 15 va 16 min., uzokligi 486 va 504 km, bal. 186 va 189 km.