Substrat
Substrat (lotincha substratum — to’shalma, asos) — 1) biologiyada — o’troq yashaydigan organizmlar yopishadigan asos; tashqi mug’itning tayanch elementi, masalan, bentosdagi organizmlar uchun suv tubi. Substrat mikroorganizmlar va o’simliklar uchun oziq muhiti ham bo’ladi; 2) biokimyoda — ferment ta’sirida o’zgaradigan modda.