Sud ijrochisi

Sud ijrochisi (O’zRda) Fu- karolik va xo’jalik ishlari bo’yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, AJ- Rim va b. qarorlarini, jinoyat ishla – ri bo’yicha hukm, qaror va ajrimlari- ning mulkiy jazoni ijro etish, mod- diy qiymatliklarni undirishga oid qismlarini, shuningdek, qonunda ko’zda tutilgan boshqa hollarda ma’muriy idoralarning qaror va farmoyishlari- ni majburiy ravishda amalga oshiruvchi mansabdor shaxs. Si., odatda, oliy yuri- Dik yoki o’rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo’lishi talab qilinadi. S.i.ni Ad- liya vazirligi huzuridagi Departament- ning hududiy bo’limlari lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi. Si. tomonidan qo’yiladigan talablar re- spublika hududidagi barcha korxonalar, muassasa, tashkilot, jamoat birlashma- lari, mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiydir. Si. ijroni qarzdorning turar joyida yoki uning mulki tur- gan joyda bajaradi. Si. Tomonidan qarorlarni majburiy ijro ettirish uchun qo’llaniladigan choralar jumlasiga quyidagilar kiradi: qarzdorning mulki- ni xatga olish va sotish orqali undirish- ni ta’minlash; qarzdorning ish haqi, pensiya va b. daromadlaridan, boshqa shaxslarda saqlanayotgan pul summasi yoki mulkidan undirish orqali ijro etish; sud hal qiluv qarorlarida ko’rsatilgan predmetlarni qarzdordan undiruvchiga olib berish va shu kabi Si o’z vazifala- rini bajarayotganida “sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi O’zbekiston Respu- blikasi qonuni (2001 y. 29 avg.) ga amal qiladi.