SUD TIZIMI
SUD TIZIMI — muayyan davlatdagi barcha sudlarning yig’indisi; ular umumiy vazifani bajaradi, odil sudlovni amalga oshirishga doir munosabatlar bilan o’zaro bog’langan bo’ladi. Sud tizimi bo’g’inlarining har qaysisi vakolatlari bir xilda bo’lgan sudlardan tashkil topadi. O’zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagi sudlardan tashkil topgan: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi; O’zbekiston Respublikasi Oliy xo’jalik sudi; Qoraqalpog’iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha oliy sudlari; fuqarolik va jinoyat ishlari bo’yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari; fuqarolik ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudlari; jinoyat ishlari bo’yicha tuman (shahar) sudlari; qarbiy sudlar; Qoraqalpog’iston Respublikasi xo’jalik sudi; viloyat va Toshkent shahar xo’jalik sudlari (O’zbekiston Respublikasining ―Sudlar to’g’risidagi qonunining 1-moddasi). O’zbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.