Sudan
Sudan, Sudan Respublikasi (Jumhuriya assudan) — Afrikaning shim.sharqida joylashgan davlat. Mayd. 2,5 mln. km2. Aholisi 37,09 mln. Kishi (2002). Poytaxti — Xartum sh. Ma’mu- riy jihatdan 26 shtatga bo’linadi. Davlat tuzumi. S — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi 1998 y. 30 iyunda kabul qilingan. Davlat boshlig’i — prezident (1993 y.dan Umar Hasan Ahmad alBashir), u to’g’ri va yashirin ovoz berish yo’li bilan 5 y. muddatga say- lanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Assambleya (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi. Tabiati. S hududining katta qismi bal. 300-1000 m bo’lgan plato; shim. da uning talaygina qismida Liviya va Nubiya cho’llari, Jan.da Markaziy Af- Rika tog’ligi (eng baland joyi — Ki- neti tog’i, 3187 m), g’arbda Darfur va Kordofan platolari, sharkda Efiopiya tog’ligining etaklari joylashgan. Kizil dengiz sohili — ensiz pasttekislik. Mis, oltin, xromit, temir, marganes ru- dalari, neft, marmar, gips konlari bor. Iklimi — shim.da tropik cho’l iqIimi, issiq va qurg’oqchil, Jan.da ekvatori- al, mussonli. Xartumda o’rtacha tra yanv. da 22°, iyulda 33°. Iillik yog’in shim. da 20 mm gacha, mamlakat o’rta qismida .100-300 mm, Jan.da 1000 mm dan ortiq. Asosiy daryosi — Nil va uning irmokla- ri — oq Nil va ko’k Nil. Daryolardan ekinzorlarni suyurishda, yuk tashishda va gidroenergiya olishda foydalaniladi. S. Jan.dagi baland bo’yli o’tlar o’suvchi savannalarda qizil ferralit va ALFER- rit tuproklar, shim.roqdagi cho’lga ay- langan quruq savannalarda qizilqo’ng’ir va qizg’ish qo’ng’ir tuproklar, ayrim joylarda qoramtir og’ir tuproqlar tarqalgan. Tropik, gidromorf va allyu- Vial tuproqlar ham uchraydi. Jan.da va tog’larda tropik o’rmonlar bor, baobab va akasiya ko’p. Hayvonot dunyosi boy: kiyik, g’izol, jirafa, fil, qoplon, Arslon, be- gemot va b., qushlardan tuyaqush, marabu, tsesarka, sudralib yuruvchilardan piton, daryolarda timsoh, har xil baliklar bor. Boma, Dinder, Nimule, Sautern milliy bog’lari, Erkovit qo’riqxonasi tashkil etilgan. Aholisining aksariyati arablar. Nil vodiysida Nubiylar, shim.sharqida be- jalar, shuningdek, dinka, Azande, Nuer, Shilak xalqlari ham yashaydi. Shahar aholisi 35%. Rasmiy til — Arab tili. Rasmiy din — Islom. Xristianlar ham bor. Yirik shaharlari: Xartum, omdur- man, shim. Xartum, PortSudan, Juba, Alubayd. Tarixi. S. hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning kat- ta qismi (qadimda kush mamlakati, 7-a. dan Nubiya) da qad. misrliklarga yaqin bo’lgan somxom va kushit qabilalari istiqomat kilganligi ma’lum. Mil. AV. 2ming y.likda Jan.dan kelgan Negro- ID qabilalar ularga qo’shilib ketgan. Mil. AV. 16— 12-a.larda S. Misrga tobe bo’lgan. Mil. 6-a.da xristianlik tarqala boshladi. 7-a.ga kelib, S.da aloa, Mu- kurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo bo’ldi. 7-a. o’rtalaridan arablar kirib kela boshladi. Natijada mamla- kat shim. va g’arbiy hududlarida Islom dini va Arab madaniyati tarqaldi. 14-a. oxiri — 16-a. boshlarida musulmon dav- latlari (Darfur, Sennar sultonliklari va b.) vujudga keldi. 1820-22 y.larda S.ning katta qismini Misr hukmdori Muhammad Ali bosib oddi. S. garchi US- monli turk imperiyasi tarkibiga rasman qo’shilgan bo’lsada, amalda Misr mul- kiga aylandi. 19-a.ning 60y.lari oxiri — 70y.lar boshlaridan S.da Buyuk Brita- niya ta’siri kuchaya boshladi. Ingliz mu- stamlakachilarining shafqatsiz zulmiga qarshi xalq ommasi ko’p marta qo’zg’olon ko’tardi (q. Mahdiychilar qo’zg’oloni). 1899 y. inglizlar S.ni Buyuk Britaniya bilan Misrning mushtarak mulki (kon- dominium) deb e’lon qiladigan bitimni Misrga majburan imzolatdi. S. rasman AngliyaMisr Sudani deb atala boshladi. S. amalda Angliyaning mustamlakasi- ga aylanib, uning asosiy paxta bazasi bo’lib qoldi. Sharqsa milliy ozodlik kurashi yuksalgan sharoitda S.da dastlab- ki siyosiy tashkilotlar tuzildi. 2-jahon urushi vaqtida S. harbiy qismlari eri- Treya, Misr, Liviya, Tunisda fashist dav- latlari qo’shinlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. Urushdan keyin mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1955 y. noyab.da ingliz va Misr qo’shinlari Sdan olib ketiddi. 1956 y. 1 yanv.da S. mustaqil davlat deb zlon qilindi. 1958-64 y.larda Sda dikta- torlik rejimi o’rnatildi. 1969 y. davlat to’ntarishi natijasida hokimiyatni J. Nimeyri boshliq xarbiylar qo’lga oddi. 1972 y. S janubi muxtoriyat maqomini olgach, 17 y.lik fuqarolar urushiga chek qo’yildi. 1980 y.dan, ayniqsa, Islom qonunchiligi butun mamlakatga joriy etilganidan (1983) keyin, Jan.da yana fuqarolar urushi boshlandi. 1985 y.da Nimeyri rejimi ag’darib tashlandi va 1986 y.da S alMaxdi boshchiligida KoA- lision hukumat tuzildi, siyosiy partiya- lar tarqatib yuborildi. 1989 y. harbiy to’ntarish sodir bo’lib, Milliy najot inqilobiy qo’mondonligi Kengashi oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ bo’lib oldi, u 1993 y. Umar Hasan Ahmad Alba- shirni mamlakat Prezidenta etib tayin – ladi va o’zini o’zi tarqatib yubordi. 1999 y. 1 yanv.dan siyosiy partiyalar faoliyati- ga ruxsat berildi. 2000 y. 13-22 dek. da prezident va parlament saylovlari o’tkazildi. U.H.A. alBashir yana S. Pre- zidenti etib saylandi. S. 1956 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 1 yanv. — Mustaqillik kuni (1956). O’zR suvere- nitetini 1991 y. 30 dek.da tan olgan. Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmala- ri. Alumma (“millat”) partiyasi, 1945 y. asos solingan; Birlashgan demokratik partiya, 1967 y. tuzilgan; Milliy kon- gress partiyasi, 1999 y. tashkil etilgan. S. ishchi kasaba uyushmalari federasiya- si, 1950 y. asos solingan, xalqaro Arab kasaba uyushmalari konfederasiyasi va Afrika kasaba uyushma birligi tashkilo- tiga kiradi. Xo’jaligi. S. — qoloq agrar mam- lakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligi.ning ulushi 46,3%, sanoat- ning ulushi 22,8%, xizmat ko’rsatish soqasining ulushi 30,8%. Qishloq xo’jaligida mehnatga layoqatli aholining 80% band bo’lib, eks- port tushumining 95% ni ta’minlaydi. Q.x. da foydalaniladigan 8,4 mln. Gektar erning 2,6 mln. gektari sug’oriladigan, 5,4 mln. gektari lalmi erlardir. Paxta eng muhim eksport ekini bo’lib (Afri- kada Misrdan keyin 2o’rin), Gezira, oq va ko’k Nil, Atbara vodiylarida etish- tiriladi. Kordofan platosi, ko’k Nil va Atbara vodiylarida kunjut, Darfur va Kordofan platolarida er yong’oq, hamma vohalarda oq jo’xori, tariq ekiladi, shim.da xurmo etishtirilady va Makkai- sano bargi terib olinadi. Texnika ekin- laridan shakarqamish va b. etishtirila- Di. Aqoqiyo (Arab elimi) etishtirishda dunyoda etakchi o’rinda turadi. Chorvachi- ligida qoramol, qo’y, echki, tuya, xachir, yilqi va b. boqiladi. Sanoatida mehnatga layoqatli Ag’olining 5% band bo’lib, u asosan mahalliy qishloq xo’jaligi. xom ashyosi- ni qayta ishlash va yog’ochsozlik korxona- laridan iborat. Oziqovqat sanoatida yog’, sut, qandshakar, konserva z-dlari, engil sanoatda to’qimachilik, poyabzal, paxta tozalash, shuningdek, mashinasozlik va metallsozlik, kemasozlik, neft, Tse- ment, mineral o’g’it ishlab chiqarish. kor- xonalari bor. Oz miqdorda oltin, uran, xrom, temir, marganes rudalari va gips qazib olinadi. Keyingi davrda neft qazib chiqarish ko’paydi. Dengiz suvi- dan tuz ajratib olinadi. Yiliga o’rtacha 1,33 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Xartum, Omdurman, PortSudan, Atbara, VodiyMadoni. T.y. uzunligi 5,5 ming km, avtomobil yo’llari uz. 21,4 ming km. Asosiy dengiz porti PortSudan. Nil va uning irmoqdarida kema qatnaydi. Xartumda xalqaro aeroport bor. Chetga paxta, xom neft, oq jo’xori, Aqoqiyo, er yong’oq, kunjut, chorva mollari chikaradi, chetdan mashina va uskuna, bugdoy, neft mahsulotlari, transport vositalari, doridarmon oladi. Saudiya Arabistoni, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, AK.Sh, Yaponiya, BAA bilan savdo qiladi. Pul birligi — Sudan dinori. Tibbiy xizmati. Vrach va farma- tsevtlar Xartum un-tining davolash va farmasevtika ftlarida, o’rta malakali tibbiyot xodimlari 14 tibbiyot maktab va kollejlarida tayyorlanadi. Shim. Xar- tumda o’rta ma’lumotli veterinariya mu- taxassislari tayyorlaydigan 2 y.lik in-t (maktab) bor. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’ri- fiy muassasalari. 19-a.gacha S. shimo- lida 2-3 y.lik musulmon maktablari bo’lgan. Mustamlakachilar kelgach, ingliz ta’lim tizimi namunasidagi 4 y.lik boshlang’ich, 4 y.lik oraliq, 4 y.lik o’rta maktablar tuzila boshladi. 1970 y. MAK- Tab tizimi isloh. qilinib, 7-13 yoshdagi bolalar uchun 6 y.lik boshlangich, 6 y.lik o’rta (3 y.lik to’liqsiz va 3 y.lik to’liq) maktab joriy etildi. Qizlar maktabida uyro’zg’or va tikuvchilik ham o’rgatiladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari ped. o’quv yurtida, to’liqsiz o’rta maktab o’qituvchilari ped. markazlarida 2 y. davomida tayyorlanadi. Hunartexnika ta’limi boshlang’ich va to’liqsiz maktab negizida 4 y. davomida olib boriladi. Xartum un-ti, Qohira un-tining Xartum filiali, Omdurmandagi Islom inti, Juba un-ti, VodiyMadonidagi Gezira un-ti kabi oliy o’quv yurtlari, shuning- dek, 2-3 y. davomida o’rta maxsus ta’lim darajasida ma’lumot beradigan bir Kan- cha in-t va kollejlar (Xartum politexni- ka inti, tibbiyot kolleji va b.) ham bor. Xartum un-tining kutubxonasi, omdur- mandagi ommaviy kutubxona, Xartumda Milliy muzey, etn. muzeyi, tabiat ta- rixi muzeyi, Meroeda muzeyqo’riqxona mavjud. Ilmiy tadqiqotlar un-tlarning laboratoriyalarida, Afrika va Osiyo in- tida, Xartumdagi sanoat tadqiqotlari in-tida, bir qancha vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalarda olib bo- riladi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. S.da bir kancha gaz. va jur- nali nashr etiladi. Yiriklari: “Alay- yom” (“kunlar”, Arab tilida chiqadigan kundalik gaz., 1953 y.dan), “Alquvvat al- Musallaxa” (“Qurolli kuch lar”, kunda- lik gaz., 1969 y.dan), “Assahafa” (“Mat- buot”, Arab tilida chikadigan kundalik gaz., 1962 y.dan), “Sudan Standard” (“Su- dan bayrog’i”, ingliz tilida haftasiga 2 marta chikadigan gaz., 1973 y.dan), “Sudan nush” (“bugungi Sudan”, ingliz tilida chiqadigan oylik jurnali, 1976 y.lan). S. axborot agentligi (suna) hukumat axborot Mahkamasi, 1970 y. asos solin- gan. Davlat Milliy radioeshittirish va teleko’rsatuv korporasiyasi mavjud. Adabiyoti. Ko’hna S. tamadduni (TSI- vilizasiyasi) qad. Misr va yunon mada- niyatlari bilan bog’liq ravishda rivoj- langan. 7-a.dan Arab tili singib, adabiy asarlar shu tilda yozila boshladi. 17— 18-a.larda Hammad ibn Muhammad ibn Ali almumayux va Muhammad aljaali kabi atoqli shoirlar ijod qildilar. 19- a. xalq she’riyatida (X. Abu Sinna, Umm Museymasxonim, bint almakkaviy va b.) chet el istilochilariga qarshi kurash, arablar birligiga da’vat ohanglari yangraydi. Mumtoz adabiyot namoyanda- laridan Muhammad Sayd alAbbosiy, Abdulloh Abdurahmon, Husayn azzahra ijodi ajralib turadi. Yahyo asSalaviy Nil vodiysi xalqlarini “birgalikda kurashish”ga chaqiruvchi she’rlari bilan mashhur bo’ldi. 20-a.ning 10—20y.larida milliy matbuot yuzaga keldi. 30y.lar- da Abu Jukkud, Ali Ahmadoniy, Hamza Almalik Tunbul, Yusuf Bashir atti- Joniy kabi shoirlar adabiyotni rivoj- lantirdilar. Muhammad Ahmad Mahjub va Abdulhalim Muhammadlar qissa va roman janrida ijod qila boshladilar. 20-a.ning 2-yarmida shoirlardan toj as- Sirr Hasan, Jili Abdurahmon, Ja’- Far Hamid alBashir, Muhammad Miftoh alfayturiy, yozuvchilardan Usmon Ali Hyp, Abu Bakr Xolid, attayib Zarruk ijtimoiy mavzularda asarlar yozishdi. S.da xalq, og’zaki ijodi xam keng Yoyil- gan. Shimoliy S.da folklar janrlari boshqa Arab mamlakatlari og’zaki ijodi- ga, Janubiy S.da esa tropik Afrika ma- daniyati namunalariga o’xshash. Me’morligi va tasviriy sai’ati. Ilk neolit davri (mil. AV. 7ming y.lik oxiri — 4ming y.lik boshlari)ga oid loydan ishlangan hayvon qaykalchalari, sopol idishlar, qoyaga ishlangan surat- lar topilgan. Mil. AV. 2ming y.likda S. san’ati qad. Misr madaniyati o’zanvda rivojlangan. Mil. AV. 1ming yillik oxiridan moddiy madaniyatda o’ziga xos belgilar paydo bo’la boshlagan. Mil. AV. 22-18-a.larda xom g’ishtdan to’g’ri burchakli kulbalar, zodagonlar uchun ko’p xonali uylar (Areykada), ibodatxonalar (Sulba va Kavada), istehkomlar (Semna, Kummada), sag’analar barpo etilgan. S.da xristianlik tarqalishi bilan (mil. 6-a.ning 2-yarmi) me’moriy uslubi va devoriy rasmlari kopt san’atiga yaqin bo’lgan cherkovlar qurila boshladi. 15— 16-a.larda G’arbiy S. me’morligining Sharqiy Afrika o’rta asr tosh me’morli- giga o’xshash jihatlari ko’p bo’lgan. 19— 20-a.larda qizil dengiz bo’ylarida Mar – jon ohaktoshlaridan tiklangan uylar, S. janubidagi negroid qabilalarida loy va shoxshabbadan to’qima qilib yasalgan, tomi o’t va poxol bilan yopilgan kulbalar aholining asosiy turar joyi bo’lgan. 20-a. o’rtalarigacha zamonaviy imoratlar faqat Xartum, PortSudan, Atbara va b. yirik shaharlarda qurildi. 1956 y.dan sanoat va turar joy binolarini loyiha asosida keng ko’lamda barpo etish, shaharsozlikni tartibga solish ishlari olib boriddi, jahon me’morligi tajri- basidan foydalanishga harakat qilindi. 20-a. o’rtalaridan tasviriy san’at- da dastgoh rassomligi milliy maktabi vujudga keldi, unda mahalliy bezak va evropacha an’analarni birga qo’shish odat tusiga kirgan. Keyingi yillarda M. KUA, A. Hamid kabi haykaltaroshlar, X. AB- bos, M. O. Bashir kabi rassomlar, A. A. Borxan kabi grafika ustalari etishib chikdi. S. tasviriy va amaliy san’atida yog’och va loydan haykalchalar yasash keng tarqalgan. Shimoliy S. arablari orasi- da kandakorlik, teridan turli anjomlar yasash, Jan. xalqdarida pichoqchilik, ba- diiy to’qimachilik an’anaviy mashg’ulot hisoblanadi. Musiqasi ko’pgina xalqlarning musiqiy an’analarini o’z ichiga oladi. S. cholg’u asboblari xilmaxil. Lirashmon torli tambur va uning turlari — kisir (nubiylarda), benebene (G’arbiy S.da), bangiya (Sharqiy Sda), tom (Jan. Sda); torlikamonli umkiki, tor (to’rtburchak doira), turli barabanlar — dolyuka (loy baraban), dingir (suv to’ddirilgan bara- ban), taba va b. Janubiy S.dagi dinka, Nuer, shilluk va b. xalqlarning baraban ansambllari bor. Puflab chalinadigan asboblar: zumbara (metall nay), penax (qovoq po’sti), Garin (shox), qamish nay- lar va b. G’arbiy Sdagi ko’pgina qo’shiqlar raqs bilan birga ijro etiladi. Xa- sis, jarrari, mardum raqsqo’shiklari ko’chmanchi chorvador turmushi va mehnati bilan bog’liq. Shuningdek, qiroat, azon, madhiya, zikr kabi janrlari xam mavjud. Mixera bitAbbud, Sharifa bitBilol kabi xonandalar Vatanni, mustaqillik yo’lidagi kurashchilarni madh etuvchi qo’shiklari bilan mashhur bo’lgan. Key- ingi yillarda mamlakat Jan. bilan shim. an’analari yaqinlashuvi natijasida tur- li musiqiy uslublarning o’zaro ta’siri kuchaydi. Milliy folklor ansambli, Musiqa va teatr in-ti tashkil topdi. Musiqa arboblaridan kompozitor va xonandalar Muhammad alamin, I. alko- Shif, M. Vardi, A. Shuraxbil, kompozi- tor va dirijyor A. Marjonni ko’rsatish mumkin. Teatri. S. teatr san’ati Arab mada- niyati ruxida. 1936 y. Teatr jamiyati tashkil etilib, u avval maktablarda ish olib bordi. 1940 y.dan ommaviy spek- takllar namoyish eta boshladi. 1950 y. jamiyat negizida drama va musiqa trup- palari Arab tilida spektakllar qo’iishga kirishdi. 1961 y. Zamonaviy S. teatri, Xartum truppasi va xalq raqs ansam- bllari ishladi. Yosh san’atkorlar Misr va Italiya badiiy maktablarida ta’lim oladilar. Kinosi. 1968 y. o’quv va voqeiy fil- mlar ishlab chiqaradigan kino boshkar- masi tashkil etildi. 1960-70 y.larda to’la metrajli “Umid va orzular” (rej. arrashid Mavdi), “avlodlar kurashi”, “Akauka mojarosi” (rej. A. Hoshim), “Afrika, inqilob bongi” (rej. Sulay- mon) badiiy filmlari yaratildi. Fil- mlarni kinoprokat va import qilish bi- lan xususiy firmalar shug’ullanadi.