Sudlovning kollegialligi

Sudlovning kollegialligi — ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jino- yatlar to’g’risidagi ishlardan tashqari barcha ishlar sudlarda kollegial tar- tibda, ya’ni hay’atda ko’riladi. 1in- stantsiya sudida sud hay’atiga 1 sudya va 2 nafar xalq maslahatchilari kiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudida esa ishlarni 3 nafar sudya ko’radi. Apel- lyasiya, kassasiya va nazorat tartibida Ji- noyat ishlarini 3 nafar sudyadan iborat tarkibdagi hay’at ko’radi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining apellyasiya va kassasiya hay’atlarida 5 nafar sudya qatnashadi. Nazorat tartibida ishlarni ko’rishda sud rayosatlari a’zolarining ko’pchiligi, O’zbekiston Oliy sudi Ple- numida esa uning a’zolaridan 2/3 qismi hozir bo’lishi shart (O’zbekiston Respu- blikasi JPK, 13modda).