SUDOCHE DAVLAT ORNITOLOGIYA BUYURTMA QO’RIQXONASI

SUDOCHE DAVLAT ORNITOLOGIYA BUYURTMA QO’RIQXONASI – Amudare deltasi biologik majmui- ni, ko’chmanchi qushlar qo’nib o’tadigan, ular bola ochadigan joylarni ko’riklash maqsadida 1991 y.da tashkil etilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumanida, Sudoche ko’li va uning sorili atroflarida joylashgan. Mayd. 50 ming ga. Uning g’arbiy chegarasi Ustyurt chinki buylab, Sharqiy, Jan. chegaralari ko’lning qirg’oq chetlari bo’ylab o’tgan. Ko’lda ko’plab suzadigan va suv bo’yi qushlari dam oladi, ko’payadi. Bu erda oqqushlar, kolpisalar, qoravoylar (qizil kitobga kiritilgan) va b. turdagi qushlar, shu- ningdek, ovlanadigan ondatralar yashay- Di. Qo’riqxona xalqaro ahamiyatga ega, ko’l suvbotqoq havzalarini muhofaza qilish bo’yicha Ramsar konventsiey ro’yxatiga kiritilgan. Ko’lning o’rtacha chuq. 1,5 m, qalin o’sgan suv o’simliklari yovvoyi hayvonlar uchun ozuqa bazasi hisoblanadi. Buyurtma hududda qushlarni o’rganish bo’yicha ilmiy ishlar olib boriladi, har yili qushlar sonini hisobga olish ish- lari bajariladi, ondatra ovlanadi.