SUDRALIB YURUVCHILAR
SUDRALIB YURUVCHILAR (Reptelia) — umurtqalilar sinfi. Qadimgi S.yu. — kotilozavrlar o’rta karbonda stegosefallardan paydo bo’lgan. Keyinchalik stegosefallar 2 shoxga ajralgan; ularning biridan — sut emizuvchilar, ikkinchisidan — kush- lar paydo bo’lgan. S.yu. Permdan Kay- nozoy erasi boshlarigacha er yuzi fau- nasida hukmronlik qilgan. Mezozoyda kengtarqalgan; ular orasida dengizda suzuvchilari va havoda uchadiganlari bo’lgan. Eng yirik hayvonlar — Dino- zavrlar qam mezozoy davrida yashagan. Mezozoy tugab, kaynozoyning boshlani- shi qadimgi S.yu. ning qirilib ketishi, sut emizuvchilar bilan qushlarning keng tarqalishiga to’g’ri kelgan. Hoz. S.yu. gavdasining uzunli- gi bir necha sm dan 10 m gacha. Skele- ta deyarli to’liq suyaklangan. Oyoqlari boshqa kuruqlikda yashovchilar singari 5 barmoqli tipda; ayrim guruhlarda oyokdar bo’lmaydi. Ko’pchilik S.yu. qovurg’alari to’sh suyaklari bilan tuta- shib, ko’krak qafasi hosil qiladi. S.yu.da birinchi marta ko’krak qafasi orqali nafas olish paydo bo’ladi. Bosh miyasi sut emizuvchi- lar va qushlarnikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan. Qon aylanish doirasi 2 ta, yuragi 3 kamerali, yurak qorinchasida chala parda to’siq bo’ladi. Faqat timsox- lar yuragi qorinchasi to’liq 2 ga bo’lingan, yuragi 4 kamerali. Ayirish organi chanoq buyrakdan iborat; ko’pchiligida qovuq bor. Gatteriyalardan boshqa barcha S.yu. erkagida kopulyativ organ bor (ilon- lar va kaltakesaklarda 2 tadan). Teri- si muguz tangachalar yoki qalqon bilan qoplangan (terili suv toshbaqalarida bo’lmaydi), quruq, ter bezlari bo’lmaydi yoki kam bo’ladi. Hoz. S.yu.ning 8000 ga yaqin turi, O’zbekistonda 2 turkum (tangachali- lar, toshbaqalar)ga mansub 58 turi tarqalgan. Antarktidadan tashqari bar- cha kitalarda uchraydi. Ko’pchilik tur- lari qurukdikda, timsoxlar, bir qancha toshbaqalar va ilonlar chuchuk suvlarda, ayrim toshbaqalar, ilonlar va timsox- lar dengizda yashaydi. Tana harorati doimiy bo’lmaganidan S.yu.ning faol hayot kechirishi tashqi muhit harorati bilan bog’liq. Urug’lanishi ichki; ayrim kaltakesaklar va ilonlar partenogenez ko’payadi. Ko’pchilik S.yu. tuxum qo’yadi; ayrim turlari tirik tug’adi yoki tuxum- dan tirik tug’adi. Tuxumlari sariklikka boy; qattiq ohak (toshbaqalar, timsox- lar) yoki pergamentsimon po’choq (ilon- lar, kaltakesaklar) bilan qoplangan. Po’choqtuxumni qurib qolishdan saqdaydi. Inkubasiya davri 1-2 oydan 1 yilgacha yoki ko’proq (gatteriya). Ayrim S.yu. (mas, timsoxlar) naeli to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Ko’pchiligi yirtqich yoki hasharotxo’r; ayrim kaltakesaklar (agamalar, iguanlar) hammaxo’r; quruqlik toshbaqalari, asosan, o’simliklar bilan oziklanadi. Ayrim S.yu. go’shti iste’- mol qilinadi; terisi va kosasidan har xil buyumlar; ilonlar zaharidan har xil dorilar tayyorlanadi. Ko’plab ovlash tufayli toshbaqalar, ko’pchilik ilon- lar va timsoxdar sonining kamayishiga olib keldi. S.yu. sonini tiklash uchun ular sun’iy ko’paytiriladi (timsoxlar); ko’payish joylari muhofaza qilinadi; ovlash man etiladi. 150 ga yaqin turi va kenja turlari xalqaro qizil kitobga kiritilgan. Ochil Mavlonov.