Suffiks
Suffiks (lotincha suffi xus — qadalgan, biriktirilgan), so’ng qo’shimcha — affikslarning bir turi; so’z oxiriga qo’shiladigan, yangi so’z yoki so’z shakli yasaydigan qo’shimcha. Masalan, suvchi, Olmazor, onaxon, kitoblar so’zlaridagi chi, zor, xon, lar qo’shimchalari Suffikslardir. Joylashish o’rniga ko’ra Suffiks affiksning infiks (so’z o’zagi urtasida bo’ladigan) va Prefiks (so’z o’zagi oldidan qo’shiladigan) turlariga qarama-qarshi qo’yiladi.