Sug’urta kompaniyasi
Sug’urta kompaniyasi – sugur- ta faoliyatini amalga oshirishga ixti- soslashgan yuridik shaxs, sug’urta xizmat- lari bozoritsht professional ishtirok- chisi. O’zR da S.k. belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazir-ligida davlat ro’yxatidan o’tganidan keyin yuridik shaxs makrmini oladi va O’zbekiston Respublikasi Moliya va- zirligidan sug’urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya olganidan so’nggina sug’urta faoliyatini amalga oshiradi. Sug’urta kompaniyalari- ga hayot sug’urtasi va hayot sug’urtasidan tashqari umumiy sug’urta turlarini o’tkazish uchun lisenziya alohidaalohida beriladi. Hayot sug’urtasini amalga oshi- rish huquqini beruvchi lisenziyani ol- gan S.k. ushbu sug’urta turidan tashqari boshqa umumiy sug’urta turlari bilan shug’ullanishi mumkin emas yoki aksincha. S.k. turli mulk shakllarida faoli- yat ko’rsatishlari mumkin. O’zbekiston sug’urta bozorida ochiq aktsiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritayotgan sug’urta kompaniyalari ko’pchilikni tash- kil etadi. Ular tarkibida eng yirik “O’zagrosug’urta” davlataktsiyadorlik S.k. va “kafolot” sug’urta kompaniyasi, “Ma- dad” sug’urta agentligi va “ALSKOM” ochiq aktsiyadorlik S.k., “Osiyo temir yo’l” S.k. va b. bor. O’zbekiston Respublikasi hududida 20 tadan ortiqs.k. faoliyat kursatadi (2004). Yana q. Sug’urta xizmatlari bozo- ri. Xo’jayor Shennaev.