SUG’URTAVIY TIBBIYOT

SUG’URTAVIY TIBBIYOT – turli kasalliklardan majburiy sug’urtani nazarda tutuvchi sog’liqni saqlash ishini tashkil etish shakli. Sug’urtaviy tibbiyot bo’yicha sug’urta fondi ishchi-xodimlarning ish haqidan, tadbirkorlarning foydasidan, davlat dotatsiyasi hisobidan hamda xayr-ehson fondlarining majburiy ajratmasi hisobidan shakllanadi. Sug’urtaviy tibbiyot bo’yicha sug’urtalangan kontingentga tibbiy sug’urta polisi beriladi. Sug’urtalanuvchida tibbiy sug’urta polisi bo’lgan taqdirda tibbiy xizmat ko’rsatiladi. Bunda tibbiy sug’urta kompaniyasi, bir tomondan sug’urtalanuvchilar bilan, ikkinchi tomondan tibbiyot muassasalari bilan shartnoma tuzadi.