Sulaymon

Sulaymon — Qur’onda tilga olingan payg’ambarlardan biri, hukmdor. Mil. AV. 965-928 y.larda Isroiliudeya podshohi bo’lgan. Dovudniit o’g’li. 13 yoshida taxtga o’tirgan. Etuk bilimli, har bir ishda hukm chiqarishda otasidan ko’ra olimroq bo’lgan. Rivoyatga ko’ra, u jami- ki insu jin, hayvonlar va parrandalar olamiga podshohlik qilgan, qushlar ti- lini tushungan. Shamollar ham uning ixtiyorida bo’lib, S. farmoniga ko’ra, u xodit bildirgan joyda esardi. S.ga be- rilgan mo”jizalardan biri mis koni edi, deb rivoyat qilinadi: payg’ambar iz- midagi jinlar o’sha misdan uning xoxla- gan narsasini yasab berishar ekan. Jin- larning S.ga qasrlar bunyod etgani, den- giz tubidan duru javohirlar olib chiqib bergani nakl etiladi. S. o’z qo’l ostida bir necha xil qushlarni tarbiya qilardi. Bular orasida Hudhud (sassiqpopishak) ham bo’lib, u Yamanning Sabo sh.dan quyoshparast Malika Bilqis haqida xabar keltiradi. S. Bilqisga maktub yo’llab, uni yolg’iz Allohga itoat etishga da’vat etadi (Naml surasi, 20—37oyatlar). S. otasining vasiyatiga ko’ra, Aqso masjidini qurdirdi (q. Almasjid alAqso). Sharq va G’arbda bir qancha mam- lakatlarni zabt etib, Jahongir bo’ldi. S.ning o’limi bilan bog’liq rivoyat jin- lar, devlar g’aybni — kelajakda ro’y be- radigan voqeahodisalarni biladi, de- gan gumonlarni rad etadi: jon taslim qilgan S. tayangan hassani uzoq vaqt yog’och qurti eb u erga qulab tushmaguncha, jin- lar S.ning vafot etganini bilmaganlar va payg’ambar ularga buyurgan vazifa — baland qasr bino qilish ishini davom ettiraverganlar (Saba’surasi, 14oyat). Shunday qilib, S o’lib, devlar mehnatdan qutulgan ekan. S yahudiy va xristian Di- niy adabiyotlarida Solomon nomi bilan ma’lum. Ad.: Payg’ambarlar qissasi, T., 1993.