SULAYMON STALSKIY

SULAYMON STALSKIY (1869.18.5 — Dog’iston Respublika- si Qosimkent tumani Oshagstal ovuli — 1937.23.11) — lezgin shoiri, oqin. Dog’iston xalq shoiri (1934). Kambag’al dehqon oilasida tug’ilgan. Yosh etim qolib, 13 yoshidan boshlab ro’zg’or tebrat- gan. Qariyb 20 y. davomida korandalik qilgan. Dog’istonda Sovet davlati uzil- kesil o’rnatilgach (1920), bolsheviklar- ga yaqinlashib, sovet idoralarida xizmat qilgan. 1930 y. da Dog’istonda birin- chilardan bo’lib jamoa xo’jaligiga a’zo bo’lib kirgan. Sovet davlati lezgin eli o’rtasida ashuglik (baxshilik) san’ati bilan mashhur bo’lgan S.S.ni 20y.lardayoq o’z ta’sir doirasiga tortadi va uning ijodiga inqilobiy g’oyalarning kirib kelishiga erishadi. Shuningdek, ijodi- da 1914-15 y.dayoq ko’zga tashlangan din arboblari va chor amaldorlarini masxa- ra qiluvchi hajviy yo’nalishni qo’llab- quvvatlaydi. “Qozilar”, “Oqsoqol”, “Ikki oyoqli eshak”, “samovar”, “Qahatchilik yillarida chirigan jo’xori sotgan Vekelar ovullik mulla Ramazon xususida” singari hajviyalari bilan elyurt og’ziga tushgan. S S. 20—30y.larda bolsheviklar buyurtmasi bilan oktyabr inqilobi va fuqarolar urushi mavzu- larida she’rlar yozadi. An’anaviy xalq she’riyatining sovet targ’iboti quroliga aylanishi mumkinligi S. S ga bo’lgan e’- tiborning haddan ziyod o’sishiga sababchi bo’ladi. M. Gorkiy Sovet yozuvchilari- ning 1s’ezdida uni “20-a.ning Gomeri” deb e’lon qiladi va milliy Respubli- kalardagi xalq baxshilari, oqinlari va ashuglarini S.S. dan ibrat olishga chaqiradi. S.S 1936 y.da lezgin xalq she’riyati an’analari ruhida “Dog’iston” dostoni- ni yozgan. Ijodi 50y.larga qadar o’zbek maktablarining adabiyot dastur va dars- liklaridan mustahkam o’rin olib kelgan.