Sulaymonov Hamid Sulaymonovich
Sulaymonov Hamid Sulaymonovich (1910.5.5 — Toshkent — 1979. 8.6) — adabiyotshunos, matnshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan ar- bobi (1964). Filol. fanlari D-ri (1961), prof. (1971). Moskva kinematografiya in-tini tugatgan (1932). Toshkent ped. in-ti o’qituvchisi, kafedra mudiri va ToshDU dosenti (1935-50). 50y.larda qatag’onga uchragan. 60y.larda oklangan. O’zbekiston FA til va adabiyot in-ti sektori mudiri (1962-67). Alisher Na- voiy nomidagi adabiyot muzeyi (1967— 69) va qo’lyozmalar in-ti (1978-79) Di- rektori. Asosiy ilmiy faoliyati Ali- sher Navoiy lirikasining tekstologik tadqiqotlariga bag’ishlangan. Navoiy qo’lyozmalari bibliografiyasini tuzgan (1946-47) va shoirning “Badoe ulbi- doya”, “Navodir unnihoya” devonlari qo’lyozmalarini topib (1959), ular shoir tomonidan tuzilganligini isbotlagan. “Xazoyin ulmaoniy” tanqidiy matni- ni tuzgan va nashr ettirgan (1958-60). “Devoni foniy” qo’lyozmalarini (Fran- tsiyadan) topib, fotonusxa asosida nashr ettirgan (1965). Hofiz Xorazmiy- ning 2 j.li “Devon”i fotonusxasi- ni Haydarobod (1975, Hindiston)dan Toshkentga olib kelib (1977), so’z boshi yozib chop ettirgan (1980). Xattotlik va kitobat san’atiga oid ilmiy asarlar yoz- gan. “Boburnoma”ga ishlangan rasmlar” (1959), “Navoiy asarlariga ishlangan rasmlar” (1980, F. Sulaymonova bilan hamkorlikda), “Amir Xusrav asarlariga ishlangan rasmlar” (1983, F. Sulaymo- Nova bilan hamkorlikda) albomlarini tuzgan va chop ettirgan. Toshkent, Andi- jon, Qo’qon, Samarqand, Jizzax sh.dagi adabiyot muzeylari hamda qo’lyozmalar in-tining tashkil etilishiga rahbarlik qilgan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979). Tosh- kent sh.dagi ko’chalardan biriga S. nomi berilgan.