Sulfanil kislota, paminobenzol sulfokislota
Sulfanil kislota, paminobenzol sulfokislota , H2N— S6N4— SO3H — rangeiz kristall modda. Mol.m. 173,18; 280 -300° da parchalanadi. S.k. suvdagi eritmadan 0-2° da 2 molekula suvli gidrat holida, 21 — 40° da bir molekula suvli gitrat holida va 40° dan yuqorida suvsiz holatda ajralib chiqadi. Sanoatda S.k. anilin sulfatni 180-200° da qizdirib olinadi. Uning hosilalari sintetik bo’yoklar olishda ishlatiladi. Lab. da nitritlarni hamda osmiy, ruteniy, tseriy va b. metallarni aniqlashda qo’llanadi. Sulfanilamid- lar (mas, oq streptosid) va uning ba’- zi hosilalari (mas, albusid, sulgin, sulfidin, sulfadimezin, sulfozol) tibbiyotda ishlatiladi.