Sulfatlanish

Sulfatlanish — akkumulyator- lar batareyasi qo’rg’oshin plastinalarida yaxlit sulfat massasi hosil bo’lishi. S. salbiy jarayon bo’lib, akkumulyator- ni zaryadlash paytida uning to’liq ti- klanishiga xalaqit beradi. S.ga sabab shuki, zaryadlash paytida musbat va man-fiy plastinalar (RO2 va R) qisman qo’rg’oshin sulfat (PbSO4) ga aylanadi, oqibatda plastinalar faol massasining 50-70 foizini qo’rg’oshin sulfat egal- lab oladi. Akkumulyatorlarni muntazam ravishda zarur kuchlanish (1,8 V) dan past kuchlanishda zaryadlash; elektrolit sathining pastligi va elektrolitning ifloslanishi ham S.ga sabab bo’ladi. S.ni bartaraf kilish uchun elektrolitni almashtirib, akkumulyatorni 2-3 marta qayta zaryadlash kerak.