Sulfidlar

Sulfidlar — oltingugurtning metallar, shuningdek, metallmaslar (V, Si) bilan hosil qilgan birikmalari. Ko’pgina S. — tabiiy minerallar, mas, pirit FeS2, molibdenit MoS2 sfalerit ZnS. S.ning 2 qatori bor: o’rta (normal) — umumiy formulasi Me2S, nordon (gidrosulfidlar) — umumiy formula- si MeHS (Me — bir valentli metall.). S. — metallarga oltingugurt ta’sir ettirib, oksidlarni vodorod bilan qaytarib, sulfatlarni kumir ishtiro- kida qaytarib va b. usullarda olinadi. Tabiiy S. tegishli metallarni olishda, sulfat kislota ishlab chiqarish.da xom ashyo hisoblanadi. Ishqoriy er metallar- ning Si, shuningdek, ZnS va CdS lyumi- noforlar asosidir. Ko’pgina metallar- ning Si — yarimo’tkazgichlar.