Sulton Akbariy
Sulton Akbariy (taxallusi; asl ism-sharifi Akbarov Sulton) (1923.3.12 —Toshkent—1997.3.6) — shoir, jur- nalist. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi. Toshkent ped. in- tini tugatgan (1942). 2-jahon urushi qatnashchisi (1942-45). “Lenin uchquni” (1946-47), “yosh leninchi” (1952-53), “Qizil O’zbekiston” (1953-59) gaz. la- rida ishlagan. Badiiy adabiyot nashriyoti- da bosh muxarrir (1960-63), “Toshkent haqiqati”, “Sirdaryo haqiqati” gaz. la- rida mas’ul kotib, muharrir o’rinbosari (1963-64). “Sharq yudduzi” (1964-66), “Guliston” (1968) jurnalilarida bo’lim mudiri, mas’ul kotib, “o’qituvchilar gazetasi”da muharrir o’rinbosari (1968 y. dan). Ijodi 1940 y.dan bosh- langan. Baxshiyona uslubda ijod qilgan. “Imonim, e’tiqodim”, “yaralangan qo’shiqlar”, “suluv suluv emas, suygan suluv”, “Shukrona”, “Mehrigiyo” (1956), “Dovon va devon”, “ko’ngil ohanglari” (1968) va b. she’riy to’plamlar mual- lifi. S.A. dostonnavis sifatida ham ko’plab asarlar yozgan: “girdob”, (1964), “Ustod” (1970), “Qatag’on” (1992). Qirg’iz eposi “Manasning 3-kitobini o’zbek ti- liga tarjima qilgan.