SULTON ALI MIRZO

SULTON ALI MIRZO (14831500) Movarounnahr hukmdori (1498-1500). Temuriylardan. Sulton Maxmud Mir- zoning 3o’g’li. Onasi — Zuhra begi*. Otasining vafotidan so’ng qarshi VI- loyati hokimi bo’lib, keyinchalik akasi Boysung’urdan Buxoroni (1497 y. dek.), Bobur esa, Samarqandni tortib olgan. Bobur ota meros shaxri Andijon dushman kuliga o’tishi mumkinligi haqida xabar topib, beklaridan birini Samarqandda qoldirib, Andijon tomon yurgan. Bun- dan foydalangan S.A.M. Samarqandni ishgol qiladi (1498 y. Fev.—mart). 1499 y.da S.A.M. bilan Muxammad Mazid tar- xon orasida nizo vujudga keladi. Tar- xonlar Movarounnahrda katta nufuzga ega edilar (q. Darxon). Mazid Tarxon Samarqand va uning atrofidagi mulklar- ni o’z o’g’illari, qarindoshurug’lari va yaqin kishilari ixtiyoriga berib qo’ygan edi. S.A.M. taxtga muqim o’rnashib olgach, Mazid Tarxonga qarshi siyosat yuritadi. Natijada Mazid Tarxon Samarqanddan chiqib ketadi. Shunda Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon jiyani Xon Mirzo- ni (Mirzoxon, S.A.M.ning ukasi) mo’g’ul qo’shinlari bilan Samarqandni zabt etishga jo’natadi. S.A.M. Samarqand tashqarisida, Yoryayloqda bo’lgan jangda g’olib chiqadi. Onasi Zuhra begimning nodonligi tufayli yozilgan maktub sa- bab Shayboniyxon Samarqandni jangsiz egallaydi (1500). S.A.M. Qo’lba yalangli- gida qatl etiladi.