SULTON MUHAMMAD XANDON

SULTON MUHAMMAD XANDON (15-16-a. 2-yarmi, G’irot) — xattot, shoir, nasta’liq xati ustasi. Sultona- li Mashhadiynnng shogirdi, xushtabiat, xushchaqchaqlikka moyil bo’lgani uchun “xandon” laqabini olgan. Ijodini Na- voiyning shaxsiy kutubxonasida boshla- gan. S.M.X. ko’chirgan qo’lyozma kitoblarga ba’zan otini yozmagan. Xondamir xattot- ni “nasta’liq xatida iste’dodi juda zo’r”, deb baholagan. Ko’plab shogirdlar tayyorlagan. S.M.X. ko’chirgan Sa’diy- ning “Bo’ston” asari (1514, Ja’far Sul- ton Alqaroyi majmuasida), Hofizning “Devon”i (1519, Kobuldagi Davlat mu- zeyida va yana bir nusxasi 1515, Brita- niya muzeyida), Xusrav Dehlaviyning “Devon”i (1497, O’zbekiston FA shi da) va “qiron ussadayin” asari (1515, bri- Taniya muzeyida), Jomiyning “Yusuf va Zulayho” (Texrondagi Milliy kutubxo- nada va bir nusxasi shaxsiy majmuada), “Subxat ulabror” (1523, Texrondagi Ja’far Sulton Alqaroyi majmuasi- da), Navoiyning “Devon”i (1528, Rossiya milliy kutubxonasida) va b. qo’lyozmalar, ko’plab qitalari bizgacha etib kelgan.