SULTON SAYIDXON

SULTON SAYIDXON (? 1868) Qo’qon xoni (1863-65). Mallaxon- ning o’g’li. 1863 y. iyulda qirg’izlar va qipchoklar Amir lashkar Alimqul boshchi- ligida hokimiyatni egallagan. S.S. nomi- gagina xon kilib ko’tarilgan, amalda dav- lat ishlari Alimqul qo’lida bo’lgan. Rus qo’shinlari bu paytda Yangiqo’rg’on, pish- Pak, Marki, Avliyoota, Turkiston, chim- kentni bosib olishgan. 1865 y. bahorida M.G.Chernyaev boshchiligidagi qo’shin Toshkentni qamal qilgan. S.S. Alim- kul bilan birga Toshkent mudofaasiga rahbarlikni o’z qo’liga olgan. Alimqul jangda o’ddirilgach, qirg’iz va qipchoklar qo’shini Qo’qonga qaytib ketib, taxtga boshqa xonni o’tqazish payiga tushgan. Tarixchi Muhammad Solihning yozishicha, Toshkent xalqi S.S.ga sodiq qolib, uni qayta xonlik taxtiga o’tqazishadi. Shu ravishda Toshkent o’z xoniga ega bo’lib, Qo’qondan mustaqilligini namoyish eta- Di. S.S. Rossiya tajovuziga qarshi yordam so’rab Turkiya sultoniga, Buxoro amiriga va Qo’qonga elchilar jo’natgan. Buxoroga sebzorlik eshon Hakimxo’ja qozikalon boshchiligida har dahadan to’rt oqsoqol yuboriladi. Buxoro amiri o’z maktubida S.S. uning huzuriga kelib bo’ysunishi va shundan keyingina Toshkentga yordam be- rishi mumkinligini yozgan. Amirning bu talabi qondirilgan. Ad.: O’zbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustam- lakachiligi davrida], T., 2000; Beysimbi- eV T.K., Tarixi Shaxruxi, AlmaAta, 1987.